Toshkentda mashina ballonlarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan guruh ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida avtomobil shinasi o‘g‘rilari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yangiyo‘l shahrida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan B.I. tengdoshi J.A. va sherigi 1997 yilda tug‘ilgan N.N.lar bilan birgalikda Yangiyo‘l shahri, tumani va Quyi Chirchiq tumanlarida o‘nga yaqin “Cobalt” avtomashinalarining shinalarni tunda kelib yashirin ravishda yechib olib, sotib yuborgan va pullarini shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yuqorida qayd etilgan shaxslar protsessual tartibda qo‘lga olinib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yangiyo‘lda taksistni o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborganlikda gumonlangan shaxs ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

ballon Yangiyo'l avtomobil' guruh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing