Qaynonasini o‘ldirib, jasadini chamadonga joylagan kuyov qo‘lga olindi
Olam
−
09:07 12620 2 daqiqa
Janubiy Koreyaning Degu shahrida dahshatli jinoyat sodir bo‘ldi – kuyov qaynonasini o‘ldirib, xotini bilan birga jasadni chamadonga solib daryoga tashladi. Bu haqda REN TV xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 50 yoshli ayol qizi va kuyovi bilan yashash uchun ularning uyiga ko‘chib kelgan. 20 yoshli kuyov esa qaynonasini yoqtirmay, bir necha oy davomida uni muntazam ravishda kaltaklab kelgan.
Oxir-oqibat, ayolning shovqinli va tartibsiz xulqini bahona qilib, kuyov uni ikki soatdan ortiq urib, tepib qiynagan va ayol ko‘plab jarohatlar olib, vafot etgan.
Shundan so‘ng, erkak jasadni chamadonga joylab, ko‘cha bo‘ylab sudrab borgan va daryoga uloqtirgan. Bu jarayonda uning xotini ham yonida bo‘lgan.
Jasad topilgach, politsiya tergov boshlagan va er-xotin qo‘lga olingan. Erkak jinoyatini tan olgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 yanvar kuni Istanbulning Shishli tumani Kuyulubog‘ ko‘chasidagi chiqindi qutisidan 37 yashar o‘zbekistonlik Durdona Hakimovaning bo‘laklangan jasadi topilgandi.
Kamera yozuvlari va guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, hodisa joyidagi axlat konteyneriga qoramtir kiyimdagi, soqolli ikki erkak och rangli chamadon bilan kelgani, keyin yana chamadon bilan piyoda ko‘chadan chiqib ketgani, gumonlanuvchilar chamadonni hodisa joyiga yaqin bo‘lgan Bozkurt ko‘chasi tomon tashlab ketgani aniqlangan.
Istanbul politsiyasi Istanbul aeroportida Gruziyaga qochmoqchi bo‘lgan paytda ikki nafar qotillikda gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Ularning ikkalasi ham O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum bo‘lgan.
Live
Barchasi