Qayerda nechta bemor davolanyapti? SSV koronavirusga chalinganlar haqida ma’lumot berdi
Jamiyat
−
04 aprel 2020
18927Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar 263 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik. Sog‘liqni saqlash vazirligi bemorlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, bemorlarning 120 nafari erkak, 143 nafari ayollar bo‘lsa, shundan 13 nafari voyaga yetmagan bolalardir.
Yosh jihatidan ajratadigan bo‘lsak quyidagi manzara namoyon bo‘ladi:
0-9 yoshgacha – 8 nafar;
10-19 yoshgacha – 10 nafar;
20-29 yoshgacha – 51 nafar;
30-39 yoshgacha – 63 nafar;
40-49 yoshgacha – 73 nafar;
50-59 yoshgacha – 40 nafar;
60-69 yoshgacha – 13 nafar;
70-79 yoshgacha — 5 nafarni tashkil etmoqda.
Hozirga qadar xorijda bo‘lib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan fuqarolar soni 102 nafarni tashkil etmoqda. Ular Fransiya (2), Turkiya (45), Rossiya (46), Buyuk Britaniya (5), BAA (2), Saudiya Arabistoni (1) hamda Shveysariya (1) kabi davlatlarda bo‘lib qaytgan.
161 nafar fuqaro esa ular bilan muloqotda bo‘lgani uchun yuqtirib olishgan.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 146 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Farg‘ona viloyatida, 28 nafari Namangan viloyatida, 30 nafari Andijon viloyatida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida va 2 nafari Navoiy viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari, xalqaro tajriba va belgilangan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda. Shu kungacha 25 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi