Qatar – O‘zbekiston uchrashuvini koreyalik hakamlar boshqaradi

Sport

image

Qatar yashil maydonlarida davom etayotgan Osiyo kubogining 1/4 finalidan o‘rin olgan Qatar - O‘zbekiston o‘yinini koreyalik Kim Hi Gon boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

Unga qanotlarda hamyurtlari Yoon Jae Yeol hamda Park Sang Jun yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa quvaytlik Abdulla Jamali faoliyat olib boradi. VAR hakami vazifasini esa yana bir janubiy koreyalik Kim Jong Heok ishlashi qayd etilgan, AVAR  tizimiga esa quvaytlik Ahmad Alali belgilangan.

Ma’lumot uchun, Kim Hi Gon joriy mavsum jami 5 ta uchrashuvda ishlagan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalarga to‘g‘ri keladi. 

E’tiborlisi, Kim Hi Gon OCHL guruh bosqichi 5-turida "Nasaf" – "Al-Faysali" uchrashuvini boshqargan. Joriy mavsum ishlagan o‘yinlari davomida ushbu hakam futbolchilarga jami 15 marta sariq kartochka, 1 bor qizil kartochka ko‘rsatgan va 2 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi Qatar Kim Hi Gon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing