Qatar bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston jiddiy yo‘qotishga uchradi
Sport
−
30 yanvar
36892Osiyo kubogining 1/8 finali doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Tailand bahsida himoyachi Abduqodir Husanovga hakam tomonidan sariq kartochka berildi. Endi u chorak final o‘yinida maydonga tusha olmaydi.
Bu Husanovning turnirdagi 2-sariq kartochkasi hisoblanadi. Himoyachi endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim finalga chiqsagina jamoadoshlariga yordam berishi mumkin.
Qayd etish joiz, 19 yoshli Husanov musobaqadagi 1-sariq kartochkasini Suriyaga qarshi o‘yinda olgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Qatar o‘yini 3 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga Doha shahridagi “Al-Bayt” stadioni mezbonlik qiladi.