Qatar AQSHda harbiy aviabaza quradi – OAV

Olam

image

AQSH Qatarga Aydaxo shtatidagi Mauntin-Xom harbiy-havo bazasida o‘zining F-15 qiruvchilari va uchuvchilarini tayyorlash uchun aviabaza inshooti qurishga ruxsat bergan. Bu haqda kecha, 10 oktyabr kuni o‘z manbalariga tayanib, “Axios” nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ushbu kelishuv bir necha yil davomida ishlab chiqilgan bo‘lib, uning muhokamasi sobiq AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati davridayoq boshlangan. Qatar tomonidan quriladigan inshoot AQSH harbiy bazasi hududida joylashadi va AQSH yurisdiksiyasiga bo‘ysunadi.

“Axios”ning yozishicha, kelishuvning o‘ziga xos jihati shundaki, Qatar yangi harbiy-havo ob’ektini noldan boshlab quradi.

“Mamlakatning tekis cho‘l relefi sababli Qatarning uchuvchilarni tayyorlash imkoniyatlari cheklangan. Shu bois, turli tabiiy sharoitlarda va ob-havoda mashg‘ulot o‘tkazish istagi AQSH hududida baza qurish g‘oyasini yuzaga keltirgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Qatar xavfsizligini kafolatlashga va’da beruvchi farmonni imzolab, unga qilingan har qanday qurolli hujum Qo‘shma Shtatlarga qilingan tahdid sifatida baholanishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Qatar Aydaxo harbiy aviabaza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing