Qatar Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotir bildirdi

Olam

image

Qatar Afg‘oniston muvaqqat hukumatining ayrim xodimlarning islomiy kiyinish qoidalariga rioya qilmasligi bahonasida ayollarning mahalliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar (NTT)da ishlashini taqiqlash to‘g‘risidagi qaroridan qattiq xavotirda. Bu haqda arab davlati Tashqi ishlar vazirligining kecha, 25 dekabr kuni kechqurun e’lon qilingan bayonotida aytiladi. 

“Biz xotin-qizlarning mehnat qilish huquqini hurmat qilish zarurligini ta’kidlaymiz, chunki ishni erkin tanlash va unga erkin rozilik tamoyili dunyoning barcha davlatlari sodiq bo‘lgan xalqaro shartnomalarda e’tirof etilgan”, deyiladi TIV xabarida.  

Qatar “Tolibon” tomonidan tuzilgan muvaqqat ayollarning tashkilotlarda turli lavozimlarga kirishi haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqiradi. Bu esa afg‘on xalqi uchun insonparvarlik yordamini samarali taqsimlash va yetkazib berishga yordam beradi.  

Avvalroq, Afg‘oniston muvaqqat hukumatidagi Iqtisodiyot vazirligi barcha milliy va xalqaro nohukumat tashkilotlarga keyingi ogohlantirishgacha ayollarni ishdan chetlashtirishni buyurgan edi. Shuningdek, agentlik ushbu talabga rioya qilmagan tuzilmalarning litsenziyasini qaytarib olishi haqida ogohlantirgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 dekabr kuni “Tolibon” harakati mamlakat universitetlaridan talaba qizlar uchun darslarni keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatishni talab qildi. Buning ortidan AQSH ma’muriyati o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Afg‘onistondagi oliy o‘quv yurtlarida qizlarning o‘qishi to‘xtatilgani munosabati bilan “Tolibon” harakatiga qarshi chora ko‘rishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi

"Tolibon"ga ko‘ra, bunday qarorga “[universitet] yotoqxonalarida ayollarning bo‘lishi va ularning viloyatlardan [o‘qish uchun] erkaklar hamrohligisiz kelishi, talaba qizlarning hijob o‘rash qoidalariga rioya qilmasligi, erkak va ayolning birgalikda o‘qishi, ba’zi fakultetlarda qizlarning o‘qitilishi islom qonunlariga zid va afg‘onlarning g‘ururiga putur yetkazishi sabab bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing