Qashshoqlikdan prezidentlikgacha: Murmu qasamyod qildi

Olam

image

Hindistonning yangi saylangan rahbari – mamlakat tarixidagi ikkinchi ayol prezident Draupadi Murmu bugun, 25 iyul kuni qasamyod qildi va rasman Hindistonning 15-prezidenti bo‘ldi.  Hindiston telekanallari tomonidan jonli efirda namoyish etilgan marosim Nyu-Dehlidagi mamlakat parlamentining markaziy zalida bo‘lib o‘tdi. 

"Mustaqillikning 75 yilligi munosabati bilan bu lavozimni egallash baxtiga muyassar bo‘ldim. Ozodlik uchun kurashuvchilarimiz mustaqil Hindiston fuqarolariga bildirgan umidlarni oqlash uchun sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirishimiz kerak", deydi Murmu o‘zining qasamyod qilgandan keyingi birinchi nutqida.

Murmu (1958 yil 20 iyunda tug‘ilgan) – Jarkxand shtatining sobiq gubernatori. U sharqiy Odisha shtatidagi Santal qabilasi (Munda xalqining eng katta qabilasi)dan kelib chiqqan bo‘lib, ro‘yxatga olingan qabilalarga (tarixiy ravishda ijtimoiy quyi tabaqalar va past kastalarga tegishli) tegishli. Murmu Hindistonning ikkinchi ayol prezidenti (birinchisi Pratibha Patil, 2007-2012) va birinchi prezident – ro‘yxatga olingan qabilalardan bo‘lgan. Bundan tashqari, u Hindistonning "erkin mamlakatda", ya’ni o‘sha davlat 1947 yilda inglizlardan mustaqillikka erishganidan keyin tug‘ilgan birinchi prezidenti bo‘ldi.

“Demokratiyamizning kuchli tomoni shundaki, qashshoq oilaning olis qabila hududida tug‘ilgan qizi Hindistondagi eng yuqori konstitutsiyaviy lavozimga yetib borishi mumkin. Asrlar davomida taraqqiyot ne’matlaridan mahrum bo‘lganlar, kambag‘allar, dalitlar (tegib bo‘lmaydiganlar – Hindistonning kasta iyerarxiyasida eng past o‘rinni egallagan bir qator kastalarning umumiy nomi – tahr), qabila xalqlari menda o‘z aksini ko‘rishi men uchun katta quvonch”, deydi Murmu o‘z nutqida. 

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda prezidentlik saylovi joriy yilning 18 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “Bxaratiya djanata parti” (Hindiston xalq partiyasi) boshchiligidagi Milliy –demokratik alyans nomzodi Draupadi Murmu g‘alaba qozondi. 


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Draupadi Murmu

Baholaganlar

340

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing