Qashqadaryoda “KamAZ”ga yo‘l bermagan Damas haydovchisi va 18 yoshli yigit YTHda halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 28 avgust kuni Qashqadaryo viloyatida yuk mashinasi va yengil avtomobil ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar yosh yigit halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 15:15 larda, Qashqadaryo viloyati, Koson tumani hududidan o‘tgan 4K-339 “Qarshi aylanma yo‘lining” 6-kilometrida yuz bergan. Haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan N.Sh. Damas rusumli avtomobilni “Obdida-Xo‘jaqo‘rg‘on” ko‘chalari kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo‘ldan boshqarib kelib, asosiy yo‘ldan harakatlanib kelgan haydovchi 1991 yilda tug‘ilgan B.U. boshqaruvidagi “KamAZ-5320” rusumli yuk avtomobilini o‘tkazib yubormagan. Natijada ular to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Damas avtomobili haydovchisi 20 yoshli N.Sh. voqea joyida, ushbu avtomobil yo‘lovchisi 18 yoshli A.J. shifoxonada vafot etgan. “KamAZ” yuk avtomobili haydovchisi 29 yoshli B.U. va yo‘lovchisi 18 yoshli A.O. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi TB tomonidan hodisa sodir bo‘lgan kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing