Qashqadaryoning ikki tumanida sel-suv toshqini kuzatildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning ikki tumanida sel-suv toshqini kuzatilayotgani haqida video va xabarlar tarqaldi. Mazkur holatga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, kecha, 28 iyul kuni soat taxminan 15:47 larda Kitob tumanining “Ko‘xsor” va “Bashir” MFYlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida mahallaning ichki yo‘llari va sel yo‘llaridan o‘z oqimi bo‘ylab yomg‘ir suvlari oqib o‘tgan. Aholi va xonadonlarga ziyon yetmagan.

Shuningdek, Chiroqchi tumanida ham soat taxminan 16:08 larda “Arabbandi” MFY va "G‘allachi" MFY "Chig‘ana" qishlog‘ida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida mahallaning ichki yo‘llarida suv to‘planib qolgan. Aholi va xonadonlarga ziyon yetmagan.

Bundan tashqari, xabarda yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Qashqadaryo Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi dispetcherlik xizmatiga fuqarolar tomonidan murojaatlar va talofatlar to‘g‘risida hech qanday ma’lumot kelib tushmagani aytib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo toshqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing