Qashqadaryoning ikki tumanida 1 mlrd so‘mlik “svet” talon-toroj qilindi
3-sahifa
−
11:34 641 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatida 1 mlrd so‘mdan ziyod elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 3 ta holat aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Koson tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “K. D. O. B.” MCHJga qarashli noturar binoda o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 270,9 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Bu kabi holat shu tumandagi “A. X. A.” xususiy korxonaga qarashli binoda ham qayd etilgan. Ushbu qoidabuzarlik oqibatida, ta’minot korxonasiga 185,3 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Kasbi tumanida yakka tartibdagi tadbirkor M. Z. ga qarashli noturar binoda ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlangan. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 617,8 million so‘mni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etilgan edi.
Live
Barchasi