Qashqadaryolik o‘quvchi sinfdoshining onasini “uxlatdi”

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida 10 sinf o‘quvchisi sinfdoshining onasini bank kartasidagi pullarini o‘zlashtirdi. Bu haqda Kiberxavsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaroning bank kartasidan jami 6 mln 663 ming so‘m miqdordagi pul noma’lum shaxs tomonidan yechib olingan. Bu bo‘yicha fuqaro Kiberxavsizlik markaziga pullarni qaytarishda yordam so‘rab murojaat qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni o‘zlashtirgan shaxs Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi 10-sinf maktab o‘quvchisi ekanligi aniqlangan. Gumonlanuvchi jabrlanuvchi ayolning qizi bilan sinfdosh ekanligi ma’lum bo‘lgan. Aniqlanishicha, u sinfdosh qizning telefon raqamlariga ulangan bank kartasi ma’lumotlarini undan yashirincha o‘zining mobil telefoniga o‘tkazib, pullarni o‘zlashtirgan.

Holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, Navoiyda fuqaroning bank kartasidagi pullarini noqonuniy o‘zlashtirgan shaxs aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo “uxlatdi”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing