Navoiylik kelin qaynonasini “uxlatdi”
Jamiyat
−
10 yanvar 2023
10303Navoiyda fuqaroning bank kartasidagi pullarini noqonuniy o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro S.M. ariza bilan murojaat qilib, uning bank kartasidan jami 3 million 283 ming so‘m pullari yechib olinganligini ma’lum qilib, jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni o‘zlashtirgan shaxs Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchining o‘z kelini S.E. ekanligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, S.E. qaynonasining bank kartasini o‘g‘irlab chiqqani va uning kodini avvaldan bilgani sababli kartadagi pullarni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.
S.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.
LiveBarchasi