Qashqadaryolik o‘quvchi birdan 16 ta xalqaro OTM talabasi bo‘ldi

Jamiyat

image

Qashqadaryolik maktab o‘quvchisi 16 ta xalqaro oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilindi. Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Shuhrat Yo‘ldoshev Qarshi shahridagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchisi va o‘z ustida muntazam ishlab kelmoqda.

Shuhrat Yo‘ldoshev maktabni bitirmasidan ko‘plab universitetlar talabasi bo‘lgan birinchi o‘quvchi emas. Bundan oldinroq Toshkentdagi maktab o‘quvchisi birdan 13 ta xorijiy OTM talabasi bo‘lgandi.

Shuningdek, Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Saidkarim Azizjonovich Tursunboyev  muddatidan oldin xorijning bir yo‘la 68 ta oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM

Baholaganlar

675

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing