Qashqadaryolik “uddaburon”lar qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

“O‘zenergoinspeksiya”ning Qashqadaryo hududiy bo‘limi va Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar mobaynida Qarshi tumanidagi iste’molchi “Islom Muxtor Hamkor” MCHJ tomonidan elektr energiyasidan foydalanishda “iinovatsion” o‘g‘irlik ustida qo‘lga tushdi. 

Iste’molchi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish maqsadida hisoblagichning ichki qismiga maxsus qurilma (chip) o‘rnatgani, ushbu qurilma pult orqali boshqarilib, qurilma ishga tushirilgan vaqtda elektr hisoblagich oqib o‘tayotgan elektr energiyasini hisobga olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan viloyat Majburiy Ijro Byurosi tomonidan qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi va iste’molchi elektr tarmog‘idan uzildi. 

Majburiy Ijro Byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan iste’molchi “Islom Muxtor Xamkor” MCHJ ushbu qoidabuzarlik bo‘yicha 124 million 222 ming 250 so‘m jarimaga tortildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo elektr energiya

Baholaganlar

73

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing