Qashqadaryolik “qiz” buxorolik erkakni 152 mln so‘mga tushirdi
3-sahifa
−
26 mart
9376O‘zini qiynalgan qiz bola sifatida ko‘rsatgan erkak boshqa bir erkakni aldab, 152 mln so‘mga chuv tushirdi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi 28 yoshli erkak ijtimoiy tarmoqlari orqali Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi boshqa bir erkak bilan tanishib qoladi. Qashqadaryolik fuqaro buxorolik erkakka o‘zini ayol jinsiga mansub ekanligini aytib, Madina Olimova ismi bilan tanishtiradi.
U oralaridagi suhbat davomida oilaviy muammolari borligini aytib, uning ishonchiga kiradi va muammolarini hal qilib olishi uchun keyinchalik qaytarib berish sharti bilan jami 151 mln so‘m kerakligini aytadi. Shu bilan u buxorolik erkakni 151 mln 595 ming so‘mga chuv tushiradi.
Oradan ko‘p o‘tmay buxorolik shaxs uzoq vaqtdan buyon telefon orqali muloqotda bo‘lib, hatto, unga bog‘lanib qolgan sevgilisi aslida, qiz emas, 28 yoshli erkak ekanini bilib qolgan. Va o‘zining aldanib, bir firibgarga chuv tushgani haqida huquq-tartibot idoralariga ma’lum qilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan ushbu sud ishi aybdorga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga shu modda bilan Jinoyat Kodeksining 57-moddasini (aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha jazo tayinlash) qo‘llab, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi