Qashqadaryolik erkak deputat uni kaltaklatganini iddao qildi. IIB holatga munosabat bildirdi
3-sahifa
−
28 Oktabr 2021
9239Ijtimoiy tarmoqlarida chiroqchilik fuqaro E.F.ning videomurojaati tarqaldi. Unda fuqaro uning uyiga shu tuman kengashi deputati M.O‘. boshchiligida bir nechta shaxslar bostirib kelgani hamda ular E.F.ni urib, tan jarohati yetkazgani aytilgan.
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mazkur murojaat bo‘yicha munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, Chiroqchi tumani IIBga tumanning “Mustaqillik” MFYda yashovchi E.F. 2021 yil 14 oktyabr kuni soat 16:00 larda qishloqdoshi M.A. bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgani va unga tan jarohati yetkazgani yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. M.A.ning arizasi 2021 yil 15 oktyabr kuni Chiroqchi tuman IIB Navbatchilik qismida qayd etilgan.
Janjal vaqtida M.A. E.F.ni burun sohasiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan M.A.ga nisbatan kecha, 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.