Qashqadaryolik 14 yoshli vunderkind grantga kirdi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2019
8337
Kitob tumanida yashovchi 14 yoshli Jasurbek G‘ulomov talaba bo‘lish istagida Qarshi davlat universiteti qabul hay’atiga hujjat topshirgan edi.
Qarshi davlat universiteti matbuot kotibi Oybek Yusupovning xabar berishicha, u barcha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, davlat granti asosida Biologiya ta’lim yo‘nalishi talabasiga aylandi.
Mitti qalb bilan ulkan orzularni ko‘zlagan qahramonimiz kursdoshlari hamrohligida, mustaqillik darslarida ishtirok etish uchun ilk bora o‘quv auditoriyasiga qadam qo‘ydi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar