Qashqadaryoga marokash chigirtkalari yopirildi
Jamiyat
−
28 may 2021
12466Qashqadaryo yaylovlarida zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlari boshlandi. Bu haqda viloyat hokimining Matbuot kotibi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev rahbarligidagi ishchi guruh chegara hududlarda o‘rganish olib borishganida qo‘shni respublika hududidan viloyatning Dehqonobod tumani Xujapalas qishlog‘i yaylovlariga, shuningdek, G‘uzor tumani (Taxam, Janqara, Kengsoy) yaylovlariga zararli marokash chigirtkalarining katta to‘dalari uchib o‘tayotgani aniqlangan.
Ishchi guruh rahbari tomonidan tezkorlik bilan ushbu hududlarda otryadlar tuzilib, ularga 74 turdagi ishlov tadbirlarini amalga oshirish texnikalari jalb etilib, zararli chigirtkalarga qarshi samarali kimyoviy ishlovlar o‘tkazish ishlari boshlangan. Shuningdek, 24 soat ishlaydigan maxsus shtab tashkil etilgan.
Ta’kidlanishicha, joriy yilda zararli chigirtkalarga qarshi 140 ming gektar maydonga kimyoviy ishlovlar o‘tkazilishi kutilmoqda. Shundan, G‘uzor, Dehqonobod, Qamashi, Nishon, Mirishkor, Chiroqchi va Shahrisabz tumanlari yaylovlarida 88,5 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar berish yakunlangan.
Mas’ullarning qayd etishlaricha, 10 iyunga qadar ushbu zararli chigirtkalarga qarshi samarali ishlar amalga oshirilib, boshqa viloyatlarga kirib bormasidan yo‘q qilish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr