Qashqadaryodagi “zapravka”ga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 16 iyul soat 14:40 da tumanning “Oltindala” MFYda joylashgan gaz quyish shoxobchasi hududida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 14:45 da yetib borib, yong‘in soat 15:00 da o‘rab olingan va hozirda uni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Bildirilishicha, vaziyat to‘liq viloyat FVB tomonidan nazoratga olingan.

Hozircha hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot berilmagan. Qolaversa, voqea nimadan kelib chiqqani ham ochiqlanmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda shoxobchadan chiqqan kuchli qora tutun osmonga tarqalayotganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining birida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qashqadaryo zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing