Qashqadaryoda “zapravka” portladi (video)
3-sahifa
−
07 Oktabr
22832Bugun, 7 oktyabr kuni soat 15:45 da Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Qarshi tumani “Dasht” MFY hududidan o‘tuvchi, “G‘uzor-Qarshi” avtomobil yo‘lida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida “Kamaz-512” rusumli avtomobilidan gaz saqlash yomkostiga gaz quyish vaqtida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:56 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:00 da o‘rab olingan va soat 16:45 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida shahobcha binosining 22 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.