Qashqadaryodagi YTHda ikki kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 16 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida Spark avtomobilining beton to‘siqqa urilishi oqibatida ikki kishi haqlok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi 16 oktyabr soat taxminan 02:30 larda, xalqaro ahamiyatga molik A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” avtomobil yo‘lining Koson tumani, “Obron” MFY hududining 78 km.da yuz bergan. Koson yo‘nalishida Spark rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan haydovchi T.B. avtomashinalar harakatlanadigan yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatad haydovchi T.B. hodisa joyida, uning yo‘lovchisi U.V. esa  shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB xuzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing