Qashqadaryodagi YTHda 9 kishi jarohatlandi
Jamiyat
−
01 noyabr 2019
5268Kecha, 31 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati yuz bergan YTHda 9 kishi jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti xabar bermoqda.
YTH soat 21:00 da sodir bo‘lgan. Fuqaro N.X. o‘zining boshqaruvidagi fuqaro Ch.J.ga tegishli Lacetti rusumli avtomashinasini ishonchnoma orqali Qarshi-Yottitom 4R87 avtomobil yo‘lining Yottitom yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, ushbu yo‘lning 50 kilometrida, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan fuqaro R.Z. boshqaruvidagi MCHJga tegishli Nexia rusumli avtomashinani yo‘liga chiqib ketgan holda, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.
Natijada Nexia avtomashina haydovchisi R.Z. va yo‘lovchilar S.U., E.R., S.K.lar hamda Lacetti avtomashina haydovchisi N.H. va yo‘lovchilar D.S., M.R., G.N., N.N.lar tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat etishgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda va natijasiga ko‘ra, Jinoyat-protsessual kodeksining 329-moddasi tartibida qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi Tergov departamenti xabarida.
LiveBarchasi