Qashqadaryodagi vaqtincha saqlash hibsxonasining faoliyati to‘xtatildi
Jamiyat
−
17:26
4109Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman Ichki ishlar bo‘limining vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili xabar berdi.
Qayd etilishicha, ba’zi vaqtincha saqlash hibsxonalaridagi kameralarning ta’mirtalab holatga kelib qolgani, shu bilan birga tabiiy va sun’iy yorug‘lik tizimi, sanitariya-gigiyena holati, havo almashtirish tizimi talab darajasida emasligi kabi qator kamchiliklar qayd etilgan. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Ombudsman tomonidan Ichki ishlar vazirligiga taqdimnoma kiritilgan.
Unga ko‘ra, tumandagi vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatilib, u yerda saqlanayotgan shaxslar kapital ta’mirlangan Kasbi tuman Ichki ishlar bo‘limining vaqtincha saqlash hibsxonasiga ko‘chirilgan. Ombudsman tomonidan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 1 xodim lavozimidan ozod etilgan va 9 xodimning xatti-harakatlari “Intizomiy kengashlar” tomonidan ko‘rib chiqilgan.
“Ayni paytda vazirlik tomonidan vaqtincha saqlash hibsxonalari sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Kameralar va yuvinish xonalarini kerakli jihozlar bilan ta’minlash va sanitariya talablariga muvofiqlashtirish ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi