Qashqadaryodagi “Uzbekistan GTL” zavodi quruvchilaridan 127 nafarida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Kecha, 8 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 422 ta holat qayd etilgan edi. Yangi holatlarning 161 tasi Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. Qashqadaryoda viloyatining G‘uzor tumanida “Uzbekistan GTL” zavodi qurilishida qatnashayotgan ishchilarning 127 nafarida koronavirus aniqlangan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur fuqarolar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgandan keyin karantinga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda korxonaning qurilish hududida infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, 9 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 11 447 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 7 082 nafari sog‘aygan, o‘lim holatlari esa 49 taga yetgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda Uzbekistan GTL

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing