Qashqadaryodagi uy yonib, 1 kishi vafot etdi
3-sahifa
−
10 may 2023
6187Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in yuz berishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 10 may kuni taxminan soat 03:59 larda qutqaruv xizmatiga Koson tumani Yuqori “Arabxona” mahallasi Shuhrat ko‘chasidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, tuman FVBdan 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan va yong‘inni taxminan soat 04:30 larda to‘liq bartaraf etgan. Yong‘in oqibatida xonadonning 28 metr kvadrat ichki va tom qismi zararlangan. Yong‘indan xonadonning 150 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.
Yong‘in oqibatida bir nafar fuqaro (xonadon sohibining turmush o‘rtog‘i) kuyish tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv jarayoni olib borilmoqda.
LiveBarchasi