Qashqadaryodagi o‘rmonda chiqqan yong‘inda noyob hayvonot olamiga katta zarar yetdi
Jamiyat
−
05 noyabr 2020 6550 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani hududida joylashgan o‘rmon xo‘jaligida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat ekologiya boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligining Igri suv-2 bo‘limida katta yong‘in chiqdi. Yong‘in oqibatida o‘rmon xo‘jaligi hududidagi noyob daraxtlar, o‘simliklar va hayvonot olamiga katta zarar yetgan.

“Nima sababdan yong‘in chiqdi, yong‘indan o‘rmon xo‘jaligi qancha talofat ko‘rdi bizni kuzatishda davom eting mavzuga yana qaytamiz”, deyiladi xabarda.