Qashqadaryodagi do‘konda yirik miqdorda o‘g‘irlik sodir etildi
Olam
−
19 mart 2020
81202020 yilning 13 mart kuni G‘uzor tumani, “Xo‘jaguzar” MFY, Hirot ko‘chasining 7-uyida yashovchi E.M.O tuman ichki ishlar bo‘limi (TIIB) ariza bilan murojaat qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, uning savdo do‘konida yirik miqdorda o‘g‘irlik sodir etilgan.
Aniqlik kiritilishicha, shu yilning 29 fevral kuniga o‘tar kechasi G‘uzor tumanida joylashgan “Al-Baraka” savdo do‘konidan 25 470 000 so‘mlik 39 dona telefon qurilmasi, 1 350 000 so‘mlik ayollar kiyim-kechagi, 6 500 000 so‘m naqd pul noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan edi.
Jami 31 971 350 so‘mlik moddiy tovarlarni umargan shaxslarni aniqlash bo‘yicha TIIB xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv ishlari olib boriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu o‘g‘irlikni G‘uzor tumani, “Avg‘onbog‘” MFYda yashovchi M.S sodir etganligi aniqlangan. Undan 15 dona telefon qurilmasi tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan.
“Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi