Qashqadaryodagi dovonda Isuzu pastga qulab, yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 14 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “Taxtaqoracha” dovonida Isuzu avtomobili pastlikka qulab, yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat taxminan 09:45 larda Kitob tumanidan o‘tuvchi “Taxtaqoracha” dovoni avtomobil yo‘lining 1139-kilomertida Samarqand – Qashqadaryo yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan Isuzu rusumli yuk avtomobili haydovchisi o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib pastlikka tushib ketgan. Oqibatda yong‘in chiqib, transport vositasi yonib ketgan.

Vaziyat bo‘yicha qutqaruvchilar guruhi manzilga yetib borib, sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlarini bartaraf etgan. 

Xabarda aytilishicha, yuk mashinasida bo‘lgan 24 yoshli fuqaro O.A. hamda unga hamrohlik qilayotgan fuqaro A.O. mashinadan sakragan. Sakrashi oqibatida ular tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 6 aprel kuni “Toshkent – O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoniga o‘tuvchi 259-kilometrida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH bo‘lgan edi. YTHda 5 kishi jabrlanib, 1 nafar shaxs vafot etgani haqida xabar qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Taxtaqoracha Isuzu Qashqadaryodagi dovon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing