Qashqadaryodagi bog‘cha bolalari qatiqdan zaharlandimi? Viloyat SSB izoh berdi
Jamiyat
−
19 iyul 2023
6303Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi bog‘cha tarbiyalanuvchilarning qatiqdan zaharlangani to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.
Keltirilishicha, Shahrisabz tumani “Shamaton” mahallasi hududidagi bog‘chada tarbiyalanuvchilarning qatiqdan zaharlangani asossiz.
“Shu munosabat bilan oxirgi kunlarda Shahrisabz tumani va Shahrisabz shahri hududidagi tibbiyot muassasalarida bolalarning ovqatdan zaharlanishi bo‘yicha bironta murojaat qayd etilmagan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi bog‘chalardan birida onalar maktabgacha ta’lim tashkilotining ovqatidan norozi bo‘lib, tasvirga olayotgani va oshpaz ayol ularga tashlangani aks etgan video tarqalgan edi.
LiveBarchasi