Qashqadaryoda zilzila qayd etildi

Jamiyat

image

Bugun, 12 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida 3,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 21:14 (Grinvich bo‘yicha 16:14 ) da yer silkinishi yuz bergan. Zilzila epimarkazi – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani. Zilzila koordinatalari – 39,09 gradus shimoliy kenglik, 66,89 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 3,2, chuqurlik esa 15 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 312 kilometr janubi-sharqda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo zilzila Shaxrisabz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing