Qashqadaryoda jinsiy qullikda saqlangan 14 yashar qiz haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi
3-sahifa
−
26 noyabr 2023
29495Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 14 yoshli qiz yetti oy davomida jinsiy qullikda saqlangani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voyaga yetmagan Ch.T. Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi otasi G‘.J. qaramog‘ida bo‘lgan. Onasi X.S. esa shu yilning yanvar oyida Rossiyaga ishlash uchun ketib, bugungi kungacha qaytib kelmagan.
Aniqlik kiritilishicha, 14 yoshli Ch.T.ning 7 oy davomida fuqaro N.A.ning uyida majburan saqlanib, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelingani haqida qizning tog‘asi xabar qilgan.
“Bugungi kunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kitob tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan psixolog va pedagoglardan iborat ishchi guruh tomonidan voyaga yetmagan Ch.T.ning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklash hamda mazkur holatning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish choralari yuzasidan “ijtimoiy ish” ochilib, holat yuzasidan kompleks o‘rganishlar davom ettirilmoqda“, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan fuqaro N.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
LiveBarchasi