Qashqadaryoda yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusning gaz balloni portladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida avtobus ichidagi gaz balloni portlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi. 

Kecha, 15 oktyabr kuni soat 16:50 larda viloyatning Muborak tumani hududidan o‘tuvchi “Qarshi-Buxoro” yo‘lida Isuzu avtobusi yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtda avtobusning gaz ballonida yorilish sodir bo‘lgan. 

Oqibatda 4 nafar fuqaro o‘rta og‘ir darajada tan jarohatini olib, tuman tibbiyot shifoxonasiga yotqizilgan. Qolgan fuqarolarga ambulator va psixologik yordam ko‘rsatilgan. 

“Eng asosiysi hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahri Amir Temur ko‘chasida Matiz yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made