Qashqadaryoda YPX xodimlari bilan janjallashgan haydovchi qamaldi

3-sahifa

image

Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida YPX xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmay, janjal chiqargan haydovchiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Yakkabog‘ tumanida YPX xodimlari va qonuniy talabga bo‘ysunmagan Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi o‘rtasida ziddiyatli vaziyat yuzaga kelganligi hamda atrofda bo‘lgan ayrim shaxslar xodimlarning xizmat vazifasini bajarishga halaqit berganligi holati bo‘yicha to‘plangan hujjatlar kecha, 16 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi, 1990 yilda tug‘ilgan N.X.ning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasi 1-qismi hamda 195-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 14 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, 1985 yilda tug‘ilgan F.U. hamda 1987 yilda tug‘ilgan A.B.ning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, ularning har biriga BHMning 3 baravari miqdorida (810.000 so‘m) jarima jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

316

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing