Qashqadaryoda YPX avtomobili Damas bilan to‘qnashdi

3-sahifa

image

Bugun, 30 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida Damas hamda yo‘l-patrul xizmati avtomobili Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, voqea soat 12:30 atrofida viloyatning G‘uzor tumani “O‘zbekiston” ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi E.D. boshqaruvidagi Damas rusumli hamda YPX xodimi Sh.N. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositalariga esa zarar yetgan. Mazkur YTH yuzasidan G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida ham Qashqadaryoda YPX avtomobili YTHga uchragan edi. Biroq, o‘shanda to‘qnashuv viloyatning boshqa tumani – Chiroqchida sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH YPX Qashqadaryo Chiroqchi G'uzor

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing