Qashqadaryoda yoshlar o‘z joniga qasd qildi. Prokuratura surishtiruv boshladi

Olam

image

2020 yilning 1 va 3 fevral kunlari bir guruh yoshlar Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi I.Karimov ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi. Har ikki vaziyatda ham Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va yoshlar kelajagiga befarq bo‘lmagan fuqarolarning sa’y-harakatlari natijasida ularning hayotlari saqlab qolingan. Bu haqida Milliy gvardiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 fevral kuni soat 15:10 larda 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro S.R. oila a’zolari bilan o‘zaro ziddiyat tufayli ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan. O‘quvchi qiz xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan o‘z vaqtida qutqarib qolingan. Qiz  RSHTYOIM Qarshi filialiga yetkazilgan va tibbiy tekshiruv o‘tkazilgan. Unda hech qanday tan jarohatlari aniqlanmagan.
 
Navbatdagi holat 3 fevral kuni taxminan soat 14:50 larda daryo qirg‘og‘i oldida sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan vaqtincha ishsiz fuqaro A.X. qo‘lida bo‘lgan shisha sinig‘ini bo‘yin va qorin sohalariga sanchib olib, o‘zini daryoga tashlagan. Yuz bergan voqeaga guvoh bo‘lgan Obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi vaziyat yuzasidan shu hududda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga xabar bergan. Fuqaro A.X. ni suvdan qutqarib chiqib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgancha, RSHTYOIM Qarshi filialiga yetkazishgan. Tibbiyot xodimlar tomonidan unga tez-tibbiy yordam ko‘rsatilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

“Hozirda uning ahvoli qoniqarli darajada. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Qashqadaryo Prokuratura

Baholaganlar

563

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing