Qashqadaryoda yerosti yonmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi qishloqda yerosti yonayotgani haqida video va suratlar tarqaldi. Viloyat Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Chiroqchi tuman “Yangi qurilish” MFY Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘i hududidagi yerdan chiqayotgan tutun Chiroqchi tuman nazorat inspeksiyasi inspektorlari, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, "Hududgaz ta’minot" tuman filiali xodimlari tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish jarayonida taxminan 0,10 gektar yer maydon avval yonib o‘chganligi va hozirda kunda taxminan 0,01 gektar yer maydoni ustidan tutun chiqib atrofga badbo‘y hid tarqalayotganligi kuzatilgan. 

O‘rganish davomida ushbu qishloqda yashovchi oqsoqollar bu joy taxminan 50-70 yillar oldin chuqurlik joy bo‘lib, qamishzor bo‘lgani va yillar o‘tib qamishlar ustiga tuproq yopilib ketganini ta’kidlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Geologiya sohasi mutaxassislarining o‘rganish o‘tkazib xulosalari taqdim qilingunga qadar, dastlabki xulosa yer ostidagi qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida ushbu holat yuzaga kelgan degan dastlabki xulosaga kelingan.

"Holatni o‘rganish ishlari davom etmoqda, o‘rganish yakunlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni taqdim etamiz", deyiladi rasmiy xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Chiroqchi

Baholaganlar

2333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing