Qashqadaryoda “yashil” toifaga o‘tkazilgan mahallalardan qo‘riqlov olib tashlanadi

Jamiyat

image

Xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatidagi tuman (shahar)larning toifalari o‘zgarish bo‘ldi. Unga ko‘ra, viloyatning G‘uzor tumani va 17 ta mahalla “qizil” hududga kiritildi.

Viloyat maxsus komissiyasi qarori bilan endilikda “qizil"dan "yashil" toifaga o‘tkazilgan mahallalardan qo‘riqlov olib tashlanadi.

Viloyatning Kitob tumanidagi "Beshterak", "Mash’al", "Oftobro‘ya" va "Minglar" hamda Chiroqchi tumanidagi "Annaro‘z", "Galabek" mahallalarida karantin talablarini ta’minlash uchun qo‘riqlovga jalb etilgan Ichki ishlar, harbiylar va Milliy gvardiya xodimlari qaytariladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular “qizil” va “sariq” hududlarga jalb etiladi.

Avvalroq, 4 iyul kuni “qizil” hududga kiritilgan Chirchiq shahridagi ayrim mahallalar ham toifalarga ajratilgani haqida xabar bergan edik. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

217

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing