Qashqadaryoda yangi tuman tashkil etiladi
Jamiyat
−
02 mart 2022
15077Qashqadaryo viloyatida Ko‘kdala tumani tashkil etiladi. Bugun, 2 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar viloyatda yangi tuman tashkil etish masalasini ko‘rib chiqdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi chog‘ida Chiroqchi tumani chegarasining kattaligi va aholining ko‘pligi, shuningdek, tuman markazi aholi istiqomat qilish joyidan uzoqligi sababli alohida tuman – Ko‘kdala tumanini tashkil etish bo‘yicha taklif bildirilgan edi.
Qayd etilishicha, Chiroqchi tumani hududi 2,8 ming kvadrat kilometr bo‘lib, viloyatning salkam yarim million aholisi ushbu tumanda yashaydi. Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, odamlar o‘zining kundalik muammolarini hal qilish, davlat idoralariga borish uchun 2-3 soatlab vaqt sarflaydi.
Bugungi kunda tumanda 2 137 ta korxona, shundan 324 ta sanoat korxonasi mavjud. Shuningdek, 230 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 234 ta umumta’lim maktabi hamda 8 ta oilaviy poliknika faoliyat yuritib kelmoqda.
Chiroqchi tumanidan Ko‘kdala tumaniga 171 ming gektar yer maydoni, aholining 177 ming nafari Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkazilmoqda. O‘zgarishlarga ko‘ra, Ko‘kdala tumani tarkibiga 162 ta sanoat korxonasi, 1 ta kichik sanoat zonasi o‘tkazilib, 10 ming gektar lalmi va adir yerlarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida bog‘-tokzorlar tashkil etiladi.