Qashqadaryoda yangi neft koni topildi (video)

Jamiyat

Qashqadaryo viloyatida tabiiy gaz va gaz kondensati mavjud bo‘lgan yangi neft koni ochildi. Bu haqda Epsilon Development Company rasmiy veb-saytida xabar berdi.

Muborak tumanidagi Bahoriston tuzilmasidagi konda neft borligi 10 avgust kuni tasdiqlandi va u “Bahoriston koni” deb nomlandi. Qidiruv burg‘ulash ishlari joriy yilning 2 iyun kuni boshlangan. 2445 metr chuqurlikdagi quduqni sinovdan o‘tkazish vaqtida kunlik 100 ming kub metrga teng neft, kondensat va tabiiy gaz oqimi aniqlangan. 

“Olingan uglevodorodlar oqimi hamda geologik ma’lumotlar O‘zbekistonda Boxoriston nomli yangi neft, gaz va kondensat konining ochilganligi to‘g‘risida dalolat beradi” deyiladi xabarda. 

“Epsilon Development Company”ga ko‘ra, kon Yura qatlamida joylashgan. Mutaxassislar rejasiga ko‘ra, quduqni Paleozoy qatlamigacha, ya’ni 3000 metrgacha qazish davom ettiriladi.

Yangi ochilgan neft konida qancha neft borligi hali ma’lum emas. Kompaniya gazni Muborak gazni qayta ishlash zavodiga yetkazish uchun 9,7 km uzunlikdagi yangi gaz quvuri qurishni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz neft'

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing