Qashqadaryoda yana bir bola noma’lum kasallikdan vafot etdi
Jamiyat
−
24 iyun 2022
37802Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida noma’lum kasallikdan vafot etgan 4 yashar bolaning 6 yashar (qiz) qarindoshi ham kecha, 23 iyun kuni vafot etgani aytilmoqda.
Bundan oldin 6 yoshli qiz ham og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani ma’lum bo‘lgandi. Shifokorlar qizchaga ham, uning amakivachchasi bo‘lgan 4 yashar bolaga ham tashxis qo‘yolmagan.
Ma’lumot uchun, bolalarga tashxis qo‘yish uchun Samarqanddan chaqirilgan shifokorlar ham kasallikni aniqlay olmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligining 4 yoshli bolaning vafot etgani bo‘yicha bildirgan munosabatida holatni o‘rganish va vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida malakali professor-shifokorlardan iborat maxsus tibbiy brigada tuzilib, zudlik bilan G‘uzor tumaniga yuborilgani ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi