Qashqadaryoda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigit qamaldi
3-sahifa
−
05 mart
6865Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 2002 yilda tug‘ilgan yigit voyaga yetmagan qizga shahvoniy harakatlarni sodir qilgani uchun 4 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, yigit tumanda joylashgan “Sohibkor” MFY hududidagi ko‘chada voyaga yetmagan qizni Cobalt rusumli avtomashinasiga mindirib, shilqimlik va shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir qilgan.
Sud yigitni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligda ayblagan hamda unga nisbatan 4 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.
Qolaversa, yigit tomonidan BHMning 15 foizi miqdorida, ya’ni 4 sutka ma’muriy qamoqda o‘tirgan vaqti uchun 225 ming so‘m davlat foydasiga undirilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 10 yoshli o‘quvchi qizga shahvoniy shilqimlik qilgan o‘qituvchiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.
LiveBarchasi