Qashqadaryoda “valyutchik” 34 mln so‘m jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda “valyutchik” 34 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Bildirilishicha, A.R. va T.M. ismli shaxslar Jinoyat kodeksining 177-moddasi ( Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) 3-qismining “v” bandi bilan aybdor deb topilgan. Ularga Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudi ijro varaqasiga asosan bazaviy hisoblashning 100 baravari miqdorida, ya’ni 34 mln so‘m jinoiy jarima jazosi tayinlangan.

Mazkur ijro hujjati MIBning Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor T.M.dan 34 mln so‘m jinoiy jarima to‘liq undirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

valyutchik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing