Toshkent va Farg‘onada “valyutchik”lar ushlandi
3-sahifa
−
02 avgust
5657Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.E. fuqaro U.Yu.ga jami 5 300 AQSH dollarini 67 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qo‘shtepa tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda ham valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.E. jami 3 150 AQSH dollarini 40 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan va 3 200 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qo‘yilgandi.
LiveBarchasi