O‘zbekistonning ikki viloyatida “valyutchik”lar ushlandi
3-sahifa
−
15 yanvar
7984Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy pul ayirboshlash bilan shug‘ullanayotganlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro boshqa bir shaxsga jami 4 ming 500 AQSH dollarini 55,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Uning yonidan 105 ming Rossiya rubli (1 ming 191 AQSH dollari) va 70,3 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan yana ikki shaxs boshqa bir fuqarodan jami 3 ming 500 AQSH dollarini 43 mln so‘mga sotib olgan vaqtida qo‘lga olingan.
"Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan", deyiladi departamentning xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida valyutalarni noqonuniy yo‘l orqali ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar jinoyat ustida ushlangandi.
LiveBarchasi