Andijonda “valyutchik”lar ushlandi
3-sahifa
−
11 yanvar
6591Andijon viloyatida valyutalarni noqonuniy yo‘l orqali ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar jinoyat ustida ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Andijon shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar fuqarolardan biriga jami 10 ming AQSH dollarini 124,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shundan so‘ng, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida noqonuniy dollar ayirboshlash bilan shug‘ullanayotganlar ushlangandi.
LiveBarchasi