Qashqadaryoda “valyutchik”lar ushlandi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatining ikki tumanida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.J. jami 3 950 dollarni fuqaro B.K.ga 49,2 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Amudaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.A. fuqaro D.R.dan jami 3,5 ming dollarni 43,4 million so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Departamentning Qamashi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan T.M., B.D. jami 3 ming dollarni fuqaro I.M.ga 37,5 million so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

noqonuniy ayirboshlash valyutchik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing