Qashqadaryoda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida maktab o‘quvchisi o‘qituvchi tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi buni tasdiqladi.

Bildirilishicha, Kitob tumani “Anorzor” MFY, Shatri qishlog‘ida yashovchi voyaga yetmagan Sh.Q. (o‘quvchi) tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

Unda bayon qilinishicha, voqea Kitob tumanida joylashgan 55-sonli maktabda 2023 yilning 22 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Arizachiga ko‘ra, soat 10:30 lar atrofida informatika darsida o‘tirgan vaqtida o‘qituvchi boshqa bir o‘quvchini haqorat qilgan. O‘shanda Sh.Q. “ustoz hammani oldida to‘g‘ri ish qilmadingiz” deb, o‘qituvchiga tanbeh bergan.

Shundan so‘ng, o‘qituvchi P. Z. va P. J. arizachini haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazgan. O‘quvchi o‘qituvchisi va boshqalarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, murojaat qilgan.

Kitob tuman Tibbiyot birlashmasi SHTBYOning 8662/1458-sonli ma’lumotnomasida ham o‘quvchida bosh miya chayqalishi, boshning yuqori tepa yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, burun sohasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi ko‘rinishidagi tan jarohatlari aniqlangani ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2023 yilning 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi yakuniy xulosasiga asosan maktab ma’muriyatining ayrim xodimlariga nisbatan intizomiy chora qo‘llanilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 15 dekabr kuni Namangan viloyati Chust tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida direktor o‘rinbosari dars vaqtida sababsiz o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmayotganligi vaji bilan maktab o‘quvchilarini kaltaklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Qashqadaryo o'qituvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing