Qashqadaryoda o‘qituvchi bitiruvchilarga imtihon javoblarini pulladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi maktab o‘qituvchisi imtihon javoblarini o‘quvchilarga sotayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rganish olib borib, munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu voqea Ko‘kdala tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan. “Ona tili va adabiyoti” fani o‘qituvchisi joriy yilning 28 may kuni o‘z fanidan davlat imtihoni boshlanishidan oldin shu maktabning 11-sinf bitiruvchilariga imtihon savollarining javoblarini nusxasini chiqargani, o‘quvchilarga ko‘rgazma sifatida ko‘rsatib o‘quvchilar imtihondan oldin bilimlarini mustahkamlash uchun imtihonga puxtaroq tayyorgarlik ko‘rish va bilimlari mustahkamlashi uchun tavsiya qilgan.

Bu javoblar kompyuter xizmatlari ko‘rsatuvchiga sotishga berilganini aytib, agar xohlovchilar bo‘lsa, 5000 so‘mdan sotib olishlari mumkinligini aytgan. 

Aniqlangan kamchiliklarga asosan, maktab direktoriga ta’sir chorasi qo‘llanilgan va o‘zboshimchalik bilan ish tutgan o‘qituvchi ishdan chetlatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Ko'kdala imtihon javoblari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing