Qashqadaryoda o‘g‘rilarning yirik jinoiy to‘dasi ushlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida joylashgan “Tinchlik” MFY hududidan o‘tgan, hozirgi kunda harakatdan to‘xtagan  gaz  quvuri noma’lum shaxslar tomonidan  o‘g‘irlab ketilgan. Voqea 2020 yilning 16 fevral kuni sodir etilgan. O‘g‘irlangan 806 metr gaz quvurining qiymati 84 630 000 so‘m deya baholangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3- qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 84 dona quvurlarni ushbu tumanda yashovchi A.A., o‘z boshqaruvida bo‘lgan “DAF” rusumli yuk avtomashinasida Samarqand viloyatiga olib ketayotgan vaqtida aniqlanib, quvurlar tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan. 

Mazkur jinoyatni 37 yoshli A.D, 53 yoshli Sh.K. va chilangarlik bilan shug‘ullanuvchi 36 yoshli B.N.lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, amalga oshirgan. Quvurlar maxsus apparat (rezak) bilan kesilgan. 

Shundan so‘ng, 25 yoshli Ya.M. va uning 9 nafar tanishi  kesilgan 84 dona gaz quvurlarini yuk avtomashinasiga yuklagan. “Hozirda sodir etilgan jinoyatning ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baho berilmoqda”, deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Koson

Baholaganlar

385

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing